Eron AQSHga qarshi to‘rtta maxsus loyiha tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 19 yanvar kuni Eron parlamenti AQSH harakatlariga qarshi to‘rtta loyihani muhokama qilishni boshlaydi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, muhokama qilinadigan chora-tadbirlar orasida “AQSH jinoyatlari muzeyi” tashkil qilish va Islomiy ko‘rsatmalar vazirligining antiamerika ruhida filmlar yaratishini qo‘llab-quvvatlash masalalari ham bor.

Bundan tashqari, parlamentda Eronga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi muxbirlarni mamlakatga kirishiga taqiq, sanksiyalar tufayli hukumatning zarar ko‘rgan shaxslari va kompaniyalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlash masalasi ham muhokama markazida bo‘lishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz: AQSH va Eron o‘rtasidagi munosabatlar Iroqda eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi fonida inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Eron bunga javoban AQSHning Iroqdagi bazalariga raketa hujumini uyushtirdi. AQSH esa ushbu hujumlarga javoban Eronning 17 ta tog‘-kon va metallurgiya kompaniyalariga sanksiya kiritdi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

235

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing