Eron 9 ta atom bombasiga yetadigan uranni yashirgan bo‘lishi mumkin –“Reuters”

Olam

image

G‘arb hukumatlari va Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) AQSH va Isroil havo hujumlaridan oldin Eronda bo‘lgan 400 kg yuqori boyitilgan uran bilan nima sodir bo‘lgani haqida aniq ma’lumotlarga ega emas.
Bu haqda kecha, 29 iyun kuni manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Agentlik Tehron yadroviy dasturini cheklash uchun mas’ul bo‘lgan o‘nlab amaldagi va sobiq G‘arb rasmiylari bilan suhbatlashganini da’vo qilmoqda. Ularga ko‘ra, Eron boyitilgan uranni yadroviy inshootlardan AQSH yoki Isroil zarbalaridan oldin olib chiqishga muvaffaq bo‘lganmi yoki yo‘q, hozircha aniq emas.

“Bu materialni qidirish endi Eron va G‘arb o‘rtasidagi “mushuk-sichqon o‘yini”ga aylanadi”, dedi manbalardan biri.

MAGATEning jamoatchilik bahosiga ko‘ra, 2025 yilgi urushgacha Eronda 60 foizgacha boyitilgan 400 kilogrammdan ortiq uran bo‘lgan. Bu 90% qurol darajasiga yaqin. “Reuters” agentligiga ko‘ra, bu miqdor to‘qqizta atom bombasini yaratish uchun yetarli.

“Reuters”ning yozishicha, “hatto hisobsiz qolayotgan bu miqdorning kichik bir qismi ham Eron yadro quroliga egalik qilish qobiliyatini saqlab qoladi, deb hisoblaydigan G‘arb davlatlari uchun jiddiy muammoga aylanadi”.

“Agar eronliklar 400 kg yuqori boyitilgan uran haqida haqiqatni aytsa, muammo hal bo‘ladi. Agar ular buni qilmasalar, unga nima bo‘lganini hech kim aniq bilmaydi”, deydi agentlikka anonim g‘arb diplomati.

Avvalroq Eron hukumati AQSH zarbalari oldidan yadroviy inshootlarni evakuatsiya qilgani haqida xabar bergan edi. Bir qator ommaviy axborot vositalari xuddi shunday bahoni keltirishgan. Masalan, “Financial Times” gazetasi Yevropa razvedka xizmatlaridagi manbalarga tayanib. MAGATE rahbari Rafael Grossi ham bunday imkoniyatni inkor etmadi.

Biroq, Vashington Eron yadroviy inshootlardan boyitilgan uranni olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan degan fikrga qo‘shilmaydi. Donald Tramp va Pentagon rahbari Pit Hegset bunday imkoniyatni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron uran

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing