Eron hujumga zudlik bilan javob berishni rejalashtirmayapti – “Reuters”

Olam

image

Eron o‘z hududiga qilingan hujumga hozircha javob qaytarmoqchi emas. Bu haqda ismini oshkor etmagan Eronning yuqori martabali mulozimiga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

"Hujumning chet el manbasi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, biz tashqi hujumga duchor bo‘lmaganmiz. Bu hujumdan ko‘ra ko‘proq infiltratsiya bilan bog‘liq, deb o‘ylashmoqda", deydi agentlik manbasi.

Eron OAVlari bugun, 19 aprel kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 03:00 da Isfahon viloyati osmonida uchuvchisiz samolyot aniqlangani haqida xabar berdi. Eron davlat televideniyesi ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan Isfahon shahri osmonida uchta dron urib tushirilgan. “Tasnim” agentligiga ko‘ra, Eron hududiga hech qanday raketa zarbalari berilmagan. Press TV manbalariga tayanib, Eron shaharlariga hech bir davlat tomonidan hujum qilinmagani haqida xabar berdi.

Eron armiyasi qo‘mondoni general-leytenant Abdulrahim Musaviy ixtisoslashgan ekspertlar allaqachon Isfahon shahri osmonida urib tushirilgan dronlar bilan sodir bo‘lgan hodisaning holatlari va oqibatlarini o‘rganishga kirishganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Isfahon osmonida eshitilgan portlash havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarining noma’lum ob’ektlarga qarshi ishlashi natijasida sodir bo‘lgan.

Eron Milliy kiberkosmik markazi vakili Husayn Daliryan ham X’dagi sahifasida Isfahon shahri osmonida urib tushirilgan uchuvchisiz samolyotlar respublika hududidan uchirilganini yozdi.

"Aftidan, Amerika ommaviy axborot vositalari Isroilning Eronga hujum qilganini orzu qilganga o‘xshaydi, u o‘qqa tutilgan bir nechta kvadrokopterlar bilan muvaffaqiyatsiz hujumni dunyoning hech bir joyida haqiqiy hujum deb bo‘lmaydi", deb yozdi Daliryan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning ABC telekanali AQSH rasmiysiga tayanib, Isroil Eron hududidagi ob’ektga raketa zarbasi bergani haqida xabar bergan edi. CNN amerikalik mulozimga tayanib, bu hujum Isroilning 13 aprel kuni Eron hujumiga javobi bo‘lganini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing