Eron Hormuz ustida Amerika vertolyotini urib tushirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustida Amerikaning Apache vertolyotini urib tushirganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkala uchuvchi ham omon qolgan, AQSH esa ushbu hujumga javob qaytarish niyatida. Bu haqda Amerika yetakchisi Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“Harbiylarimizning hozirgina menga ma’lum qilishicha, o‘tgan kecha eronliklar Hormuz bo‘g‘ozi ustida patrullik qilayotgan yuqori texnologiyali Apache vertolyotlarimizdan birini urib tushirishgan. Bortda ikki nafar uchuvchi bo‘lgan, ularning ikkalasi ham xavfsiz joyda va jarohat olishmagan. Shunga qaramay, Qo‘shma Shtatlar ushbu hujumga albatta javob qaytarishi shart”, deb yozdi Tramp.

Buning ortidan AQSH Mudofaa vazirligi surishtiruv ishlarini boshlagan. 

“8 iyun kuni AQSH armiyasining AH-64 Apache vertolyotining ikki nafar ekipaj a’zosi Ummon qirg‘oqlari yaqinida, mintaqaviy suvlarda patrullik qilayotgan vaqtda vertolyot halokatga uchraganidan so‘ng, AQSH Qurolli kuchlari tomonidan qutqarib olindi. Harbiy xizmatchilar (halokatdan) taxminan ikki soat o‘tib qutqarilgan va ularning ahvoli barqaror. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda”, deya qayd etadi qo‘mondonlik.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp joriy yilning 28 fevralida urush boshlanganidan beri 37-marta Eron bilan urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimga “ikki-uch kun ichida” erishilishi mumkinligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Apache Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing