Eron har qanday tahdidga darhol javob qaytaradi – Aroqchi
Olam
−
17:45 1089 1 daqiqa
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mamlakat xalqi yoki rahbariyatiga qarshi har qanday tahdidga Tehron darhol va qat’iy javob qaytarishini bildirdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idaga sahifachida yozdi.
Eron Tashqi ishlar vaziri bu bayonoti bilan AQSH Prezidentining Isroilga ta’sir o‘tkazishiga ishora qilgan.
“AQSH Prezidenti Tel-Avivdagi o‘z ittifoqchilarini jilovlash majburiyatini olgan. Agar ular o‘z “xo‘jayini”ga bo‘ysunmasa, Eron ularga saboq beradi”, deb yozgan Abbos Aroqchi.
Bu bayonot AQSH va Eron vakillari Qatar poytaxti Doha shahrida texnik muzokaralar o‘tkazayotgan bir vaqtda yangragan. Manbalarga ko‘ra, tomonlar Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini tartibga solish hamda uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishish masalalarini muhokama qilmoqda.
Abbos Aroqchining bayonoti Isroil Mudofaa vaziri Isroil Katsning Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy “o‘lim uchun nishonga olingani” haqidagi bayonoti ortidan e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashington va Tehron o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik kelishuviga erishish arafasida Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy AQSHning yuqori darajali vakillari bilan yaqin kunlarda hech qanday uchrashuv o‘tkazilmasligini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi