Eron ham Rossiyadan yuz o‘girdi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Nosir Kanoniy Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealar uning ichki ishi ekanini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi

Qayd etilishicha, rasmiy Tehron Rossiyada qonun-ustuvorligi ta’minlanishini qo‘llab-quvvatlagan. 

"Tashqi ishlar vazirligi vakili Nosir Kanoniy Rossiyadagi voqeani ushbu mamlakatning ichki ishi deb atadi va Eron Rossiya Federatsiyasida qonun ustuvorligini qo‘llab quvvatlashini qo‘shimcha qildi", deyiladi Eron Tashqi ishlar vazirligining Telegram kanalida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon suhbatini amalga oshirgan va To‘qayev ham hozirgi voqealar Rossiyaning ichki ishi ekanini aytgandi. Bu ko‘plab ommaviy axborot vositalari tomonidan Putinni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortish deya baholandi. Shuningdek, Vladimir Putin Balarus va O‘zbekiston Prezidentlariga ham qo‘ng‘iroq qilib, ularni Rossiya ichidagi hozirgi vaziyatdan xabardor qilgan. O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, o‘zaro suhbatda davlat rahbarlari ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham muhokama qilgan.

Rossiyada bo‘layotgan voqealar 

Bugun, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab oldi. Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Buning ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” hujum otryadlari jangchilariga, murojaat bilan chiqdi. Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini ogohlantirdi

Shunday qizg‘in vaziyatdan Ramzan Qodirov ham chetda qolgani yo‘q. U Checheniston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Rossiya gvardiyasi jangchilarini keskinlik yuzaga kelgan zonalarga jo‘natdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing