Eron ham fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirdi
Olam
−
21 Oktabr 2022
3262Eron hukumati fuqarolarini Ukrainaga sayohat qilishdan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda bugun, 21 oktyabrda Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqdi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, Ukrainadagi beqarorlik kuchayib borayotgani munosabati bilan Eron hukumati fuqarolar ushbu mamlakatga sayohat qilishni vaqtincha to‘xtatishi kerakligini aytdi.
Shuningdek, Eron TIV Ukrainada yashovchi eronliklarning xavfsizligini saqlab qolish maqsadida bu mamlakatni tark etishni tavsiya qilgan. Shu bilan birga, fuqarolarni xotirjam bo‘lishga chaqirib zarurat tig‘ulganda Eronning Kiyevdagi elchixonasiga murojaat qilish kerakligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Erondan oldin AQSH, Xitoy, O‘zbekiston va Qozog‘iston mamlakatlari ham fuqarolarini vaziyat o‘z iziga tushguniga qadar, Ukrainaga sayohat qilishdan voz kechishga hamda mamlakatni tark etishga chaqirgan edi.
Temur Jumayev
LiveBarchasi