Xitoy fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirdi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini Ukraina hududini tark etishga chaqirdi. Bu haqda “Global Times” nashri xabar berdi.

“Xitoy Tashqi ishlar vazirligi va Xitoyning Ukrainadagi elchixonasi Ukrainadagi Xitoy fuqarolarini ehtiyot choralarini kuchaytirishga va mamlakatni tark etishga chaqirdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Ukrainadagi Xitoy elchixonasi zarurat tug‘ilganda evakuatsiyani tashkil etishda yordam berishini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, agar fuqaro o‘z-o‘zini evakuatsiya qilishga qaror qilsa, u bu haqda diplomatlarni xabardor qilishi kerak.

Ukraina jamoatchiligi bu xabardan juda hayron qolgan. Aholining fikricha, xitoyliklar "biror narsani bilishadi" va shuning uchun shoshilinch ravishda mamlakatni tark etishmoqda.

Avvalroq, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi ham vaziyat o‘z iziga tushguniga qadar, Ukrainaga sayohat qilishdan voz kechishga hamda mamlakatni tark etishga chaqirgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing