Ermatov yangi lavozimga tayinlandi

Sport

image

Osiyo futbol konfederatsiyasi huzuridagi qo‘mitalariga vakolat muddati 2023-2027 yillarni tashkil etuvchi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tashkilotning Hakamlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga OFK Ijroiya qo‘mitasi vakili, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov nomzodi tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 fevral kuni Ravshan Ermatov Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vakili sifatida saylangandi. 2019 yilda hakamlik faoliyatini tugatgan Ermatov o‘sha yilning o‘zidayoq O‘FA vitse-prezidenti etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing