Erkinjon Turdimov Sirdaryo hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘ldi
Jamiyat
−
11:07
83222018-2024 yillarda Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.
Bugun, 22 yanvar kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi ham bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Pokiza Ahmadjonova olib bordi. Kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Erkinjon Turdimov 1969 yil 10 iyulda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U 2018 yildan 2024 yil noyabrgacha Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan. Turdimovning Samarqand hokim lavozimidan ozod qilinishi uning boshqa ishga o‘tishi bilan izohlangandi.