Erkinjon Turdimov Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Jamiyat
−
30 yanvar 2022
9921Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi viloyat faollari bugun, 30 yanvar kuni Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara-majmuasida yig‘ildi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berd.
Qayd etilishicha, u yerda mutasaddilar Birinchi Prezident qabrini ziyorat qilgan. Uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirilib, Qur’on tilovat qilgan.
Shundan so‘ng viloyat va shahar hokimliklari, huquq-tartibot idoralari vakillari, harbiylar hamda keng jamoatchilik Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘ygan.
Avvalroq, Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida hukumat a’zolari, Oliy Majlis palatalari vakillari va Prezident Administratsiyasi a’zolari Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. Tadbirda Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova ham ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1938 yil 30 yanvar kuni Samarqandda tavallud topgan. U 2016 yil vafotiga qadar mamlakatni boshqargan.
Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari bo‘lgan birinchi kundan Islom Karimovning ezgu ishlari davom ettirilishini aytgan edi, uning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qildi, maqbarasi barpo etildi. Birinchi Prezident tavallud topgan 30 yanvar kunini nishonlash an’anaga aylandi.
LiveBarchasi