Erkinov ham terma yig‘iniga jalb etildi
Sport
−
18 mart 2885 1 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” klubi futbolchisi Hojimat Erkinov O‘zbekiston milliy terma jamoasining joriy yig‘iniga jalb etildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, terma jamoa bugun, 18 mart kuni JAR stadionida soat 20:30 da boshlab bo‘lajak o‘yinlarga tayyorgarlik jarayonlarini davom ettiradi va mashg‘ulotlarda 23 yoshli Hojimat Erkinov ham ishtiok etadi.
Ma’lumot uchun, Erkinov joriy mavsum klub safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” tomonidan 1,5 million yevroga baholangan futbolchining joriy klubi bilan amaldagi shartnomasi shu yil yozida nihoyasiga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq terma jamoaga Husniddin Aliqulovning jarohati bois, Nasaf a’zosi G‘olib G‘aybullayev jalb etilgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr