Erkin Komilov og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

O‘zbek Milliy akademik drama teatri san’atkori, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovning umr yo‘ldoshi Mahbuba Komilova 62 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbek Milliy Akademik drama teatri xabar berdi.

Teatr jamoasi Erkin Komilov hamda uning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

Ma’lumot uchun, Mahbuba Komilova 1964 yil 9 fevralda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1987 yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rejissyorlik fakultetini tamomlagan. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning turmush o‘rtog‘i Dildora Yo‘ldosheva vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

teatr Mahbuba Komilova Erkin Komilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing