Birgalikda yengilmaymiz – Putin Qizil maydonda nutq so‘zladi
Olam
−
09 may 2020
8454Bugun, 9 may kuni Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosim avvalida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin nutq so‘zladi.
“Ulug‘ Vatan urushi tugaganidan 75 yil to‘ldi. Biz har doimgidek keng va tantanali ravishda yubiley sanasini nishonlaymiz. Biz buni urushda jabrlangan, yutgan va g‘alaba qozongan insonlar oldidagi burchimizdek sharaf bilan bajaramiz.
Bizni umumiy xotiralar va mushtarak umidlar, mushtarak intilishlar, bugungi va kelajak uchun javobgarligimiz birlashtiradi. Biz birga bo‘lganimizda yengilmasligimizga ishonamiz.
Ulug‘ Vatan urushi ajdodlarining xizmatlari, ularning hozirgi va kelajak avlodlar uchun qilgan jon fidoliklarini hech qanday narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
Ular Vatan uchun shunchalik ko‘p ish qildilarki, buni hech narsa bilan qaytarib bo‘lmaydi. Ular Vatanni, kelajak avlodlarning hayotini saqlab qolishdi, Yevropani ozod qildilar, dunyoni himoya qildilar, shahar va qishloqlarni tikladilar va ulkan yutuqlarga erishdilar.
Biz sovet xalqining, turli millat vakillarining buyuk va fidokorona jasoratini cheksiz e’tirof etish sharafiga egamiz. Ularning oldida bosh egamiz“, deydi Putin.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Moskvadagi harbiy parad osmonda bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi