Erkak o‘zi, turmush o‘rtog‘i va farzandlarini yoqib yuborgani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
Jamiyat
−
07 avgust 2020
29124Avvalroq, Shahrisabzda erkak avtomoshinasida o‘ziga qo‘shib 3 nafar farzandi va turmush o‘rtog‘ini yoqib yuborgani haqida xabar bergan edik. Oilaning barcha a’zosi vafot etgan.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi mazkur mudhish hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida, Shahrisabzda yashagan N.S. joriy yilning 30 iyul kuni turmush o‘rtog‘i Z.O. va farzandlari bilan o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasida tog‘asining uyidan o‘zining yashash uyiga qaytayotgan bo‘lgan. Shunda avtomashinada turmush o‘rtog‘i Z.O. bilan o‘zaro tortishib qolib, yo‘l chetida avtomashinasini to‘xtatib, avtomashina eshiklarini qulflab avtomashinada bo‘lgan benzin yoqilg‘isini o‘zi, turmush o‘rtog‘i va farzandlarining ustiga sepib olov berib yoqib yuborgani aniqlangan.
Shundan so‘ng, hodisa joyida yordamga yetib kelgan fuqarolarning ko‘magi bilan N.S., turmush o‘rtog‘i Z.O, o‘g‘li I.N. va qizi S.K. tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.
Biroq, fuqaro N.S.ning qizi Sh.K. avtomashinada qolib ketganligi sababli hodisa joyida vafot etgan. N.S.ning o‘zi, turmush o‘rtog‘i Z.O., o‘g‘li I.N. va qizi S.K. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shu kuni tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan yuzasidan Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida Shahrisabz shahar hokimining o‘rinbosari mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonova, shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosari N.Eshmurodov, Shahrisabz shahar “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi X.Omonov va hudud profilaktika inspektori J.Muminov o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi, mazkur oilada sodir etilayotgan janjallarning tub sabablari o‘rganilmasdan uni bartaraf etish choralari ko‘rilmaganligi aniqlanib, intizomiy javobgarlikka tortish haqida ish qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15