Erkak sobiq turmush o‘rtog‘ini MIB binosida pichoqladi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida alimentdan qariyb 12 million so‘m qarzdor erkak sobiq turmush o‘rtog‘ini pichoqladi. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining joriy yilning 20 yanvaridagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.O.dan, undiruvchi Sh.A. foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun daromadidan yarmi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro varaqasi byuroning Yangiyo‘l shahar bo‘limi ish yurituviga joriy yil 4 fevralda kelib tushgan.

Ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan va joriy yil 10 sentyabr holatiga qarzdorligi 11 million 864 ming so‘mni tashkil etgan.

Shu sababli, ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisi B.Ismatillayev tomonidan qarzdor O.A. aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagani sababli, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash) asosan ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etishi haqida ma’lum qilingan.

Shundan so‘ng, kecha, 10 sentyabr kuni MIB Yangiyo‘l shahar bo‘limiga qarzdor O.A. va Sh.A. tashrif buyurgan.

Davlat ijrochisi hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida, qarzdor O.A. o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan kutilmaganda undiruvchi Sh.A.ga tashlanib, uning tanasining qo‘l va yelka qismlariga bir necha tan jarohati yetkazgan.

Davlat ijrochisi B.Ismatillayev va boshqa bo‘lim xodimlarining faol harakatlari bilan fuqaro O.A.ning keyingi agressiv hujumlarining oldini olingan.

Byuroning Yangiyo‘l shahar bo‘limi xodimlari tomonidan voqea haqida Yangiyo‘l shahar IIB xodimlari va tez tibbiy yordam xizmatiga ma’lum qilingan va fuqaro O.A. ichki ishlar xodimlari tomonidan voqea joyidan olib ketilgan.

Tan jarohati olgan fuqaro Sh.A. zudlik bilan tez yordam brigadasi orqali shifoxonaga yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat MIB

Baholaganlar

412

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made