Erkak 20 ta oltin quymasini tasodifan chiqindiga tashlab yubordi
Olam
−
12:53 11759 1 daqiqa
Italiyaning Torre Lapillo shahrida erkak tasodifan 20 ta oltin quymasini chiqindiga tashlab yubordi. Bu haqda “Il Fatto Quatidiano” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 57 yoshli italiyalik yillar davomida yig‘ib kelgan umumiy qiymati 120 ming yevroga teng bo‘lgan 20 ta oltin quymasini o‘zi bilmagan holda chiqindi qutisiga tashlab yuborgan.
Ertasi kuni u xatosini anglab, politsiyaga murojaat qilgan. Biroz ikkilanishdan so‘ng, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari videokuzatuv yozuvlarini ko‘rib chiqib, uning gaplari haqiqatligini aniqlagan.
Bu paytda erkakning oltinlari allaqachon Ugentodagi poligonga chiqindilar bilan olib ketilgan. Barcha qimmatbaho buyumlari bo‘lgan qalay quticha politsiya qidiruvlar natijasida topilib, qonuniy egasiga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya janubidagi Overn mintaqasida yashovchi 52 yoshli fermer Mishel Dyupon o‘zining yer uchastkasidan 3,5 milliard yevrodan ortiq qiymatga ega bo‘lgan oltin bo‘laklarini topib olgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi