“Erkak hukmronligi o‘tmishda qoldi”. Qozog‘istonlik spiker ayol politsiyachilar ko‘payishini aytdi 

Olam

image

Qozog‘istonda tajriba tariqasida faqat ayollardan iborat politsiya bo‘limi tashkil etildi. Bu haqda "Inbusiness" xabar berdi.

Qozog‘iston Respublikasi Majlisi raisi Yerlan Koshanovga ko‘ra, tez orada mamlakatning har bir shahrida ayollardan iborat politsiya uchastkalari paydo bo‘ladi.

U Markaziy Osiyo mamlakatlari ayollari muloqoti xalqaro konferensiyasida so‘zga chiqib, Qozog‘istonda so‘nggi ikki yilda ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha inspektorlar soni ikki baravar oshirilganini ma’lum qilgan.

"Ayolni faqat ayol tushunishi mumkin. Shuning uchun ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlarini tergov qilishda ayol tergovchi kasbini joriy qildik", degan spiker ushbu tashabbusga izoh berib.

Uning aytishicha, respublika bo‘yicha tergov guruhlariga 280 nafar ayol xodim kiritilgan.

"Qozog‘istonda birinchi marta tajriba sifatida faqat ayollardan iborat politsiya bo‘limi tashkil etildi. Endi ayollar o‘z muammolari bilan bunday bo‘limlarga murojaat qilishi mumkin. Yaqin kelajakda bu tajriba butun mamlakat bo‘ylab amalda qo‘llanadi", degan Koshanov.

Bundan tashqari, spiker zo‘ravonlik oqibatlari bilan kurashish, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligiga to‘xtalib, "oilada erkakning to‘liq hukmronligi haqidagi noto‘g‘ri g‘oya o‘tmishda qolishi kerak"ligini ta’kidlagan. 

"Yosh avlod ongiga maktabdan to‘g‘ri qadriyatlarni singdirishimiz kerak. Maishiy vandalizmning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yish kerak", degan u.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston politsiya ayollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing