Eriksen “Inter”ga o‘tdi

Sport

image

"Tottenhem" yarimhimoyachisi Kristian Eriksen "Inter"ga o‘tdi. Bu haqda Italiya klubi saytida xabar berildi.

U 2013 yildan beri ingliz klubida o‘ynab, 305 uchrashuvda maydonga tushgan va 69 ta gol urgan.

"Spurs" lageriga kelishdan oldin Eriksen "Ayaks"da faoliyat olib borgan va u yerda 162 ta o‘yinda 32 ta gol urgan.

Ma’lumot o‘rnida, "Inter" 21-tur natijalariga ko‘ra, "A" seriyasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Inter Tottenhem

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing