Ergashev va Matias ijtimoiy tarmoqlarda dahanaki jang boshladi

Sport

image

Professional boksning super yengil vazn toifasida IBF kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lgan Shohjahon Ergashevning amaldagi chempion puerto-rikolik Sabriel Matiasga qarshi jangi ijtimoiy tarmoqlarda boshlanib ulgurdi. Bu haqda o‘zbekistonlik bokschi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, joriy yilning 25 avgustida yoki undan oldinroq o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan chempionlik jangi tresh tokinglar bilan ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon start olgan. Sabriel Matias Instagram sahifasiga Ergashevning prof boksdagi natijalari bilan bog‘liq post joylagan va unga haqoratlovchi izoh qoldirgan. Shohjahon Ergashev raqibiga barchasini jangda uzil-kesil hal qilish taklifini bergan.

“Ringdagi uchrashuvimizda shunchaki uxlab qolasan. Orzularing ustidan kulish uchun yetarli vaqting bo‘ladi”, deydi Ergashev.

Bunga javoban Sabriel Matias Ergashevni shunchaki tinchlantirib qo‘yish maqsadidaligini aytdi.

“Senda buni sinab ko‘rish uchun vaqt bo‘ladi, o‘shanda tinchlanib olasan. Men seni ringda ko‘rgan vaqtimda sen qochib yurgan bo‘lasan”, deydi Matias.

Ergashev muloqot davomida raqibini muddatidan oldin mag‘lub etmoqchiligini ma’lum qildi.

“Senga chuqur uyquga ketishingdan oldin yaqin qarindoshlaring va do‘stlaring bilan yaxshilab xayrlashib olishingni maslahat beraman”, deydi Ergashev.

Ma’lumot uchun, Matias profboksda 20 ta jang o‘tkazib, 19 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Da’vogar Shohjahon Ergashev esa faoliyati davomida 23 ta jangda ishtirok etib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. U janglarining 20 tasida nokaut, 3 tasida hakamlar qarori bilan g‘alabaga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev IBF Sabriel' Matias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing