Ergashev may oyida jang o‘tkazishi mumkin

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev  may oyida ringga chiqishi mumkiin. Bokschi o‘z Instagram sahifasida kelgusi jangiga ishora qildi.

“Uch oylik tayyorgalikdan keyin, jang may oyida bo‘lishini bilgandim”, degan ma’noda yozib qoldirdi professional bokschi.

Avvalroq, Ergashev britaniyalik Jek Ketterolga Eliminator jangi uchun rasmiy taklif yuborgani ma’lum bo‘lgandi, biroq Ketterol o‘zbekistonlik bokschiga qarshi ringga chiqishni istamayapti.

Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev 2015 yildan buyon professional boksda faoliyat yuritadi. U profboksda umumiy 23 ta jang o‘tkazib, bahslarning barchasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Ergashev Jek Ketterol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing