Erdo‘g‘anning yordamchisi ishonch bilan Putinning Turkiyaga kelishini aytmoqda

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifi sanasi yaqin kunlarda ma’lum bo‘lishi mumkin. Bu haqda Turkiya Prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin bayonot berdi. 

"Prezidentimizning Rossiya va Ukraina Prezidentlarining uchrashuvi haqidagi taklifi juda muhim. Ukraina bunga ijobiy qaraydi, agar Rossiya ijobiy javob bersa, uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Janob Putin Turkiyaga tashrif buyuradi, sana yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi", deb hisoblaydi Erdo‘g‘anning vakili. 

Avvalroq Turkiya rahbarining rasmiy vakili Ibrohim Kalin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiyni ikki davlat o‘rtasidagi “ixtiloflarni bartaraf etish”ga taklif qilganini ma’lum qilgandi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, o‘z navbatida, Putinning Turkiyaga ehtimoliy safari vaqti hali aniqlanmaganiga e’tibor qaratdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi taranglikni yumshatishda asosiy o‘yinchilardan biri bo‘lmoqda. Joriy yilning 2 fevral kuni Erdo‘g‘an Kiyevga borib, Zelenskiy bilan yopiq eshiklar ortida muloqot o‘tkazib qaytdi. Ushbu uchrashuvda Ukrainada Turkiya bilan hamkorlikda “Bayraktar” uchuvchisiz havo vositalarini ishlab chiqarish kengaytirilishiga kelishildi

Uchrashuvlar yakunida OAVga bayonot bergan Erdo‘g‘an Turkiyaning Ukraina, jumladan Qrimning hududiy yaxlitligi va davlat suverenitetini qo‘llab-quvvatlash masalasidagi pozitsiyasi o‘zgarmas bo‘lib qolayotganini urg‘ulagan

Ukrainadan qaytishda jurnalistlar bilan muloqot qilgan Erdo‘g‘an, Agar Rossiya Kiyev bilan keskinlikni kamaytirishda Turkiyaning vositachiligini ma’qullasa va Vladimir Putin Ukraina Prezidenti bilan uchrashuv taklifini qabul qilsa, Zelenskiy o‘sha zahoti Turkiya rahbari aytgan joyga yetib kelishga tayyorligini bildirdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing