Erdo‘g‘anning tahqirlanishi yuzasidan Shveysariya elchisi Turkiya TIVga chaqirildi

Olam

image

Joriy yilning 14 iyun kuni Shveysariyaning Syurix shahrida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga qarshi bo‘lib o‘tgan namoyish yuzasidan mamlakatning Anqaradagi elchisi Jan-Daniel Rux Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda TACC xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Shveysariya elchisi bilan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mehmet Kamol Bo‘zbay uchrashuv o‘tkazgan. 

Uchrashuvda vazir o‘rinbosari mamlakat Prezidentiga qarshi har qanday xatti-harakatlarni qabul qilib bo‘lmasligini aytib, elchidan mazkur holatga aloqador shaxslarni aniqlash uchun tergov o‘tkazilishini talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shveysariyaning Syurix shahrida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ko‘rinishidagi qo‘g‘irchoq hamda Turkiya bayrog‘i avval osib, keyin yoqib yuborilgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Erdo'g'an Shveytsariya elchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing