Erdo‘g‘anning SHHT sammitiga kelishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitida Turkiya va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etadi. Bu haqda bugun, 26 avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida O‘zbekistonning SHHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov ma’lum qildi, deb xabar berdi “Sputnik”. 

Shuningdek, sammitda SHHTga a’zo sakkiz davlatdan tashqari uchta kuzatuvchi davlat rahbarlari ham ishtirok etishi kutilmoqda. Bular Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston.

"Biz raislik qiluvchi tomon (O‘zbekiston) yaqin aloqalar o‘rnatgan davlatlar mehmon-rahbarlarini kutmoqdamiz. Ular orasida Turkiya, Turkmaniston Prezidentlari ham bor, shuningdek kelishuv bo‘yichv yana bir qator mehmonlarni ham kutmoqdamiz", deydi Nurimbetov.

Ma’lumot uchun SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marotaba Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 18 avgust kuni Lvovga borgan edi. U yerda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilgan. So‘ng Erdo‘g‘an va Zelenskiy ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun alohida muzokara o‘tkazgan.

Bundan avval esa Erdo‘g‘an 5 avgust kuni Sochida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing