Erdo‘g‘anning raqibi Turkiyani YeIga kiritishga va’da berdi

Olam

image

Turkiyadagi prezidentlik saylovlarida amaldagi rahbar Rajab Toyib Erdo‘g‘anning asosiy raqibi bo‘lib turgan Millat Ittifoqidan ko‘rsatilgan nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘li saylovda g‘alaba qozonsa, mamlakatning Yevropa Ittifoqiga (YeI) qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga va’da berdi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatning Yevropa integratsiyasi Qilichdoro‘g‘lining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib, agar u Prezident bo‘lsa, bunga erishishga va’da bermoqda. Shuningdek, u Rossiya hukumati siyosatiga tanqidiy munosabatda bo‘lishiga qaramay, Moskva bilan iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish tarafdori ekanini ham bildirgan.

Bundan tashqari, Qilichdoro‘g‘li mamlakatda demokratik institutlarni tiklash orqali Turkiyaning avtokratiyaga aylanishining oldini olish niyatida ekanini aytgan. 

“Sud hokimiyati mustaqilligi, ommaviy axborot vositalari va so‘z erkinligi — bularning barchasi qaytishi kerak”, degan Kamol Qilichdoro‘g‘li.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq o‘tkazilgan so‘rovlar Qilichdoro‘g‘li prezidentlik poygasi arafasida Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘andan o‘zib ketganini ko‘rsatgan edi. Respondentlarning 46,5 foizi muxolifatchiga ovoz berishga tayyorligini bildirgan, Erdo‘g‘anni esa respondentlarning 42,4 foizi qo‘llab-quvvatlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an prezidentlik saylovi Qilichdoro'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing