Erdo‘g‘anning raqibi qamalishi mumkin
Olam
−
12 noyabr 2022 7666 2 daqiqa
Istanbul sudi mamlakat Markaziy saylov komissiyasi (MSK) vakillarini haqorat qilishda ayblanayotgan Istanbul meri Ekram Imomo‘g‘li ishi bo‘yicha sud majlisini 14 dekabrga qoldirdi. Bu haqda “CNN Turk2 telekanali xabar berdi.
O‘sha kungi sud majlisida hukm chiqishi kutilgan edi, biroq sudga raislik qiluvchi sudya Imomo‘g‘lini 4 yilu bir oyga ozodlikdan mahrum etishni talab qilgan ayblovni eshitib, majlisni keyinga qoldirishga qaror qildi.
Sudda Istanbul hokimi ishtirok etmagan. Kecha, 11 noyabr kuni ertalab FOX telekanalida gapirganida, u hech qanday hukmdan qo‘rqmasligini aytdi.
“Men bu sud jarayonidan uyaldim, bunday jarayon bo‘lishi mumkin emas. Men emas, balki 16 million odam (Istanbul aholisi) sudlanmoqda", deydi Imomo‘g‘li.
Turkiyaning asosiy muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi vakili Imomo‘g‘liga qarshi ish 2019 yilgi Istanbul hokimligi uchun o‘tkazilgan saylovlardan keyin qo‘zg‘atilgan. U 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Erdo‘g‘anning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan nomzod va sobiq Bosh vazir Binali Yildirimga raqib bo‘ldi. Biroq, Yildirim va uning partiya shahar hokimligi uchun o‘tkazilgan saylov natijalarini rad etdi, MSK tomonidan bekor qilingan birinchi saylovda ham, 23 iyun kuni o‘tkazilgan ikkinchi saylovda ham Ekram Imomo‘g‘li g‘alaba qozondi. Ayniqsa, ikkinchi saylovda yuqori ustunlik bilan muvaffaqiyatga erishdi.
Imomo‘g‘li saylovda g‘alaba qozongach, 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan saylovni bekor qilganlarni "ahmoqlar" deb atadi.
Agar Imomo‘g‘lining aybi yuqori organ tomonidan tasdiqlansa, u siyosiy faoliyatga 5 yillik taqiq qo‘yilgani sababli o‘z lavozimini yo‘qotishi mumkin. Istanbul meri 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovlarda Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘o‘nning ehtimoliy raqiblaridan biri sifatida ko‘riladi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr