Erdo‘g‘anning Putin bilan tushgan surati Yevropada tanqidga sabab bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni Rossiya va Eron yetakchilari Vladimir Putin va Ibrohim Raisiy bilan suratga tushgani uchun tanqid qildi. Vazirning reaksiyasi haqida Bild nashri yozmoqda.

Berbok davlat rahbarlarining qo‘shma suratini “NATO uchun chaqiriq” deb baholab, bu “shunchaki aqlga sig‘masligini” qo‘shimcha qilgan.

Bundan tashqari, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish sustligi haqidagi ayblovlarni izohlar ekan, TIV rahbari Germaniyaning Yevropadagi qo‘shnilarini aldash maqsadi yo‘qligini ta’kidlagan. 

“Biz tanklarni barmoqlarimiz bilan almashtira olmaymiz”, degan u.

20 iyul kuni Rossiya, Eron va Turkiya Prezidentlari Vladimir Putin, Ibrohim Raisiy va Rajab Toyib Erdo‘g‘an Tehrondagi uch tomonlama sammit yakunlari bo‘yicha bayonot qabul qildi. Tomonlar Suriyadagi mavjud vaziyatni muhokama qildi, so‘nggi xalqaro va mintaqaviy o‘zgarishlarni ko‘rib chiqdi hamda Suriya inqirozini tinch va barqaror hal etishda Ostona jarayonining yetakchi rolini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

477

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing