Erdo‘g‘anning nomzodi yana prezidentlikka ko‘rsatildi

Olam

image

Turkiyaning hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi bugun, 4 iyun kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni 2023 yil yozida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Xalq ittifoqi nomzodi sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda “Adolat va taraqqiyot” partiyasi matbuot kotibi Omer Chelik partiya qurultoyi yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Xalq ittifoqidan nomzod Prezidentimiz Toyib Erdo‘g‘an bo‘ladi. Biz nihoyat bu mavzuda bir qarorga keldik”, deydi u. 

Turkiyada Prezidentlik va parlament saylovlari 2023 yilning iyuniga belgilangan. Xalq ittifoqi hukmron blokiga “Adolat va taraqqiyot” va o‘ta o‘ngchi “Millatchi Harakat” partiyasi kiradi. Ayni paytda muxolifat partiyalari hozircha o‘z nomzodlarini ochiqlashmagan. Bundan tashqari, oltita muxolifat partiya bloki muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 68 yashar Rajab Toyib Erdo‘g‘an 2014 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

284

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing