Erdo‘g‘anning kuyovi yolg‘on gapirdimi? Eron turklarga qarshi da’vo qilyapti
Olam
−
22 may
19851Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning o‘tirgan vertolyot qulagan joyni turk dronlari emas, balki Eron dronlari aniqlagan. Tegishli bayonot Eron Islom Respublikasi Bosh shtabi tomonidan e’lon qilindi.
“Dushanba (20 may) kuni erta tongda vertolyot halokatining aniq joyi quruqlikdagi qutqaruv kuchlari bilan birgalikda Hind okeanining shimolidagi missiyasidan chaqirib olingan Eron harbiy uchuvchisiz uchoqlari tomonidan aniqlandi”, deya bayonot matnidan iqtibos keltirgan “Tasnim” agentligi.
Qayd etilishicha, dastlab turk tomonidan halokat sodir bo‘lgan hududga jo‘natilgan uchuvchisiz samolyot bulutlar tufayli yerni aniqlash uchun zarur asbob-uskunalar yo‘qligi sababli vertolyot qulagan joyning koordinatalarini to‘g‘ri xabar qila olmagan va nihoyat Turkiyaga qaytgan.
20 may kuni Turkiya Transport vaziri Abdulqodir O‘ralo‘g‘li vertolyot qulagan joy Turkiya tomonidan halokat hududiga yuborilgan Akıncı droni tomonidan aniqlangani va undan barcha yo‘lovchilarning halok bo‘lgani haqida ma’lumotlar olinganini ma’lum qildi.
Shuningdek, ushbu dronning muallifi – Turkiyaning Baykar kompaniyasi rahbari va Prezident Erdo‘g‘anning kuyovi Selchuk Bayroqdor, Raisiy va u bilan halokatga uchraganlarning jasadini Turkiya hukumati yuborgan Akıncı droni topib berganini aytgandi.
LiveBarchasi