Erdo‘g‘anning kuyovi Turkiya Moliya vazirligi rahbarligidan ketdi

Olam

image

Kecha, 8 noyabr kuni Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kuyovi, Turkiya Moliya va g‘aznachilik vaziri Berat Albayroq so‘nggi kunlarda unga qarshi bosimlar kuchayib, ijtimoiy tarmoqlarda #albayrakistifa (Albayroq iste’foga chiqarilsin) heshtegi trendga chiqishi fonida iste’fo berdi. Albayroq o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qilishicha uning iste’fosiga sog‘ligi sabab bo‘lgan. 

“Sog‘ligim sababli vazir lavozimida ishlashni davom ettirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildim”, deb yozgan Albayroq.

Shuningdek xabarda, siyosatchi oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni istashini hamda hukumatdagi besh yillik faoliyati davomida bunga e’tibor bermaganligini yozgan.

Ma’lumot o‘rnida, Albayroq 2015 yildan 2018 yilgacha Turkiyaning Tabiiy resurslar va energetika vaziri bo‘lib ishlagan va 2018 yildan boshlab Moliya va g‘aznachilik vazirligini boshqarib kelayotgan edi.

Avvalroq, 7 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an milliy valyutaning rekord darajada pasayishi fonida mamlakat Markaziy banki rahbari Murat Uysalni iste’foga chiqargan edi.

Gap shundaki, turk valyuta kursi keskin pasayishda davom etmoqda va hatto tarixiy minimal darajaga yetdi. Jahon ommaviy axborot vositalari va ekspertlar hamjamiyati turk lirasining qadrsizlanishini, birinchi navbatda, Anqaraning Ozarbayjon tomonida Tog‘li Qorabog‘dagi urushda qatnashishga tayyorligi haqidagi xabarlar bilan bog‘lashmoqda. Erdo‘g‘an bir necha bor Bokuni qo‘llab-quvvatlashini va har qanday yordamni, shu jumladan, harbiylarni ham qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanligini ochiqchasiga e’lon qilgan.

Ma’lumot uchun, hozirda lira kursi biroz ko‘tarilib, bir dollar 8,29 liraga teng bo‘lib turibdi. Ta’kidlanishicha, Albayroqning iste’fosi ortidan lira "qaddini" biroz tiklab olgan. Moliya bozorlari uning iste’fosini ijobiy qabul qilgan.

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing