Erdo‘g‘anning kuyovi Turkiya iqtisodi shiddat bilan tiklanayotganini aytdi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kuyovi – G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Olbayroq Turkiya iqtisodi pandemiyadan keyin katta shiddat bilan tiknalayotganini ma’lum qildi. 

“Iqtisodiyotimiz normal hayotga qaytish jarayonida dunyo iqtisodiyotiga qaraganda, tezroq tiklanmoqda. Iyun oyida iqtisodiy ishonch indeksining o‘sishi tiklanish jarayoni ijobiy ekanligini ko‘rsatmoqda. Umid qilamanki, biz bu yilni kutilganidan yuqori natijalar bilan yakunlaymiz”, deydi Prezidentning kuyovi.

Turkiya O‘zbekiston uchun hamon qizil ro‘yxatda qolmoqda. Ushbu mamlakat bilan havo parvozlari tiklanishiga qaramay, Turkiyadan kelgan fuqarolar O‘zbekistonda 14 kunlik karantin nazoratiga olinadi. 

Turkiyada esa vaziyat hamon jiddiy. Mamlakatda 188 897 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Ulardan 4974 nafari vafot etgan, 161 533 kishi sog‘aygan. Ayni vaqtda 22 390 kishining davolanishi davom etmoqda. 

Turkiya kuni kecha koronavirusga qarshi kurash borasida yangi harakatlari rejasini ochiqladi. Mamlakat tibbiy niqob, ozodalikka rioya qilish va ijtimoiy masofa saqlash majburiy etib belgilangan. Qariyb 20 millionga yaqin aholi istiqomat qiluvchi Istanbul shahrida tibbiy niqob bo‘yicha tartibni buzganlik uchun 900 turk lirasi miqdorida jarima qo‘llash amaliyoti kecha, 22 iyundan kuchga kirdi. 

Turkiya allaqachon xavfsiz turizmni yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi. Mamlakat iqtisodini tiklashda esa ushbu soha muhim ahamiyat kasb etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Berat Olbayroq

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar