Erdo‘g‘anning bosh maslahatchisi vafot etdi
Olam
−
13 Sentabr 6198 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning bosh maslahatchisi va sobiq spichrayteri Hamdi Kilich vafot etdi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, maslahatchi uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Turkiya poytaxti Anqara shahrida vafot etgan.
Shuningdek, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalariga post joylab, unda mamlakat bosh maslahatchisi Hamdi Kilich vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga ta’ziya bildirgan.
“Umrini davlati va millati xizmatiga bag‘ishlagan, Turkiyaning mustaqilligi va kelajagi uchun bor kuchi bilan mehnat qilgan bosh maslahatchim, quroldoshim Hamdi Kilichning vafotini chuqur qayg‘u bilan eshitdim. Do‘stlar, ukam Hamdi Kilichni Alloh raxmatiga olsin, joylari tinch, darajalari baland bo‘lsin”, deb yozgan Prezident.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyada bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlar arafasida turli partiyalardan 16 nafar nomzod ketma-ket vafot etgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi