Germaniyada saylovlar arafasida 16 nomzod vafot etdi

Olam

image

Germaniyada bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlar arafasida turli partiyalardan 16 nafar nomzod vafot etdi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Politsiya barcha o‘lim holatlari tabiiy sabablar oqibati ekanini tasdiqlab, siyosatchilarni qasddan yo‘q qilish bo‘yicha tarqalgan fitna nazariyalarini rad etgan.

Hududiy saylov komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, vafot etganlarning yetti nafari “Germaniya uchun muqobil” partiyasidan, qolganlari esa “Yashillar”, “Hayvonlarni himoya qilish” partiyalari va boshqa siyosiy kuchlardan bo‘lgan. Hodisalar, asosan, mamlakatning Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatida qayd etilgan.

Avvaliga “Germaniya uchun muqobil” partiyasining nomzodlarining o‘limi haqidagi xabarlar tarqalib, bu fitna haqidagi mish-mishlarni kuchaytirgan edi. Biroq o‘tkazilgan tekshiruvlar barcha hollarda tabiiy o‘lim alomatlarini ko‘rsatgan. Hududiy saylov komissiyasi rahbari Monika Vissmann ham internetdagi “Germaniya uchun muqobil vakillari ko‘proq nishonga olinmoqda”, degan taxminlarni inkor etgan.

Ushbu partiya Germaniyada ko‘pincha “Rossiyaparast” sifatida tanqid qilinadi. “Yashillar” partiyasi vakillari uni Germaniya xavfsizligiga tahdid va Rossiyaning “Troya oti” sifatida baholagan. 

Shunday qilib, ketma-ket sodir bo‘layotgan o‘limlar tabiiy baholanmoqda, ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ularni “puxta rejalashtirilgan qotillik” deya atagan. 

Ma’lumot uchun, Germaniyada, xususan, Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerida mahalliy saylovlar joriy yilning 14 sentyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya saylov Germaniya uchun muqobil Shimoliy Reyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing