Erdo‘g‘anning ayblovi ortidan Isroil Turkiya bilan rishtalarni uzmoqchi (video)
Olam
−
28 Oktabr 2023
17686Isroil Turkiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish uchun barcha diplomatik vakillarini ushbu mamlakatdan olib chiqib ketadi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vaziri Eli Koen ma’lum qildi.
U Turkiya rasmiylarining bayonotlari ortidan Isroil-Turkiya munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish uchun barcha Isroil diplomatik vakillarini Turkiyadan olib chiqishni buyurganini aytgan.
Ma’lumot uchun, bugun, 28 oktyabr kuni Istanbulda Turkiyada hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi tomonidan G‘azo sektorini qo‘llab-quvvatlash mitingi o‘tkazildi. Unda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 1,5 millionlik olomon qarshisida so‘zga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Erdo‘g‘an mitingda Turkiya Isroilni harbiy jinoyatchi deb e’lon qilishini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, ular G‘azo sektori aholisini ochlik, suv va yoqilg‘i etishmasligi tufayli yo‘q qilmoqchi. Erdo‘g‘an Isroilni bosqinchi deb atadi va HAMAS harakati terrorchi guruh emasligini yana bir bor ta’kidladi. Bundan oldin u barcha Turkiya rasmiylarini Isroilga tashrifini bekor qilgandi.
LiveBarchasi