Erdo‘g‘anning ahvoli yomonlashgani aytilmoqda. Kremlda shoshilinch harakatlar boshlandi

Olam

image

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ahvoli yomonlashgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskva vaqti bilan soat 21:58 da shoshilinch ravishda Kremlga qaytgan. Tarmoqlarda uning kortejining tasvirlari tarqalmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, bunga sabab Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘anning sog‘lig‘i yomonlashgani bo‘lishi mumkin. Rossiyalik shifokorlar Turkiyaga jo‘natilgani xabar qilinmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 aprel kuni Turkiya rahbari jonli efirda nutq so‘zlayotgan vaqtida ahvoli yomonlashgan va 20 daqiqalardan so‘ng o‘ziga kelgandi. Davlat rahbari miokard infarktini boshidan o‘tkazgani va hozirda reanimatsiyada bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing