Erdo‘g‘anga muxolif partiya xalqni namoyishga chiqishga chaqirdi

Olam

image

Turkiyaning asosiy muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi (JXP) yetakchisi O‘zg‘ur O‘zel 86 millionlik respublika aholisini kelasi yakshanba, 23 mart kuni Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi ko‘chalarga chiqishga chaqirdi. 

“Bu yakshanba kuni biz – minglab, millionlar – ko‘chada bo‘lamiz. 23 mart erta saylovlar darakchisi bo‘ladi. Men JXPning barcha vakillarini Imomo‘g‘lini Turkiyaning bo‘lajak prezidenti sifatida qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”, deydi O‘zel Istanbulda shahar hokimiyati oldidagi minglab odamlarning mitingida. 

Istanbul rasmiylari shaharda ommaviy tadbirlarni 23 martgacha taqiqlagan, biroq JXP rahbari o‘z tarafdorlarini merning hibsga olinishiga norozilik bildirishga chaqirgan. 

Miting ishtirokchilari Imomo‘g‘li bilan birdamlik shiorlarini aytib, hukumat va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an iste’fosini talab qildi. 

Istanbul merining hibsga olinishiga qarshi namoyishlar Turkiyaning Anqara va boshqa qator shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi. 

Oldinroq Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari doirasida 106 nafar gumonlanuvchidan 87 nafari, jumladan Istanbul shahar hokimi Imomo‘g‘li qo‘lga olingani xabar qilingandi. JXP rahbari O‘zg‘ur O‘zel Turkiya hukumatini “to‘ntarishga urinish”da va partiyaning 23 mart kuni bo‘lib o‘tadigan, Istanbul merining muxolifat prezidentligiga nomzod sifatida saylanishi kutilayotgan praymerizning oldini olishga intilayotganlikda aybladi. Turkiyada prezidentlik saylovlari 2028 yilga belgilangan, biroq muxolifat muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga harakat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ekrem Imomo'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing