Erdo‘g‘an zilziladan jabrlanganlarga yangi uylar kalitlarini topshirdi (foto)

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G‘oziantep viloyati Nurdag‘i tumanidagi Belpinar qishlog‘i, Mestxuyuk qishlog‘i va Qahramonmarash viloyatining Turkog‘lu O‘zbek qishlog‘ida xususiy uylarning kalit topshirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.

Dastlab Prezident marosim ishtirokchilarini Ramazon hayiti bilan tabriklagan.

“6 fevraldagi dahshatli zilzilalardan 15 kun o‘tib, yangi xususiy uylarning poydevori qo‘yildi. Tabiiy ofat zonasida jami 507 ming xonadon va 143 ming xususiy uy quriladi. Ularning 319 mingtasi bir yil ichida topshiriladi. 60 mingga yaqin xonadonning poydevori qo‘yildi. Bu ishlar davom etmoqda. Bizning vazifamiz – zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarni barcha qulayliklarga ega yangi, zamonaviy uylarga tezroq ko‘chirish”, deydi Prezident.

Erdo‘g‘an tabiiy ofat hududidagi barcha shahar va qishloqlarning infratuzilmasi yangilanayotganini ta’kidlab o‘tgan. Buning uchun bir qancha davlat dasturlari qabul qilingan. Ulardan biri fermerlarga foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan.

Prezident Erdo‘g‘an kalitlarni yangi egalariga topshirib, zilzilalardan jabr ko‘rgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash har tomonlama davom etishiga ishontirgan.

Shuningdek, Turkiya janubida fevral oyida ro‘y bergan vayronkor zilzila qurbonlari soni 50 783 kishiga yetgani ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, zilzila qurbonlari orasida 7302 nafar muhojir ham bor. 985 nafar jasadning shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, ular orasida chet elliklar ham mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing