Erdo‘g‘an Jazoirga bordi

Olam

image

Bugun, 21 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on rasmiy tashrif bilan Jazoirga bordi. "Huari Bumediyen" aeroportida davlat rahbarini shaxsan Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun kutib oldi.

Milliy kiyimdagi bolalar Erdo‘g‘anga gul tutgan. So‘ngra havo bandargohida Turkiya davlati rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgan. Ikki davlat madhiyalari yangragan.

Yetakchilar faxriy qorovul safini aylanib o‘tib, o‘z delegatsiyalari a’zolari bilan bir-birini tanishtirgan.

Safarda Turkiya rahbariga Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O‘zdemir Go‘ktosh, Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayroqdor, G‘aznachilik va Moliya vaziri Mehmet Shimshek, Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, Savdo vaziri O‘mer Bolat, Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘li, Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin, Prezident ma’muriyatining Aloqa bo‘limi rahbari Faxriddin Altun va Prezidentning bosh maslahatchisi Elchi Akif Chag‘atay Kilich hamrohlik qilmoqda. 

Prezident Erdo‘g‘an, Jazoir Prezidentining ishtirokida aeroportda uyushtirilgan rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng, “Shahidlar yodgorligi”ni ziyorat qildi.

Davlat rahbarlarining uchrashuvi esa Jazoirdagi Prezident saroyida bo‘lib o‘tgan.

Tashrif doirasida Prezident Erdo‘g‘an va Jazoir Prezidenti Abdulmadjid Tebbun boshchiligida Turkiya-Jazoir Oliy darajali hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Jazoir Rajab Toyib Erdo'g'on Abdulmajid Tebbun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing