Erdo‘g‘an jahon hamjamiyatini Isroilni to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqaraga tashrif bilan kelgan Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan muzokaralar vaqtida xalqaro hamjamiyatni  Isroil agressiyasini to‘xtatish uchun  choralar ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyati huzuridagi aloqa departamenti ma’lumotlariga tayanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Suhbat chog‘ida Prezident Erdo‘g‘an Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Xoniyani o‘ldirish orqali Isroil G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish niyatida emasligini yana bir bor namoyish qilganini ta’kidladi.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Anqara mintaqaga doimiy tinchlik va barqarorlik olib keladigan kelishuvga erishish uchun sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda. Erdo‘g‘an Turkiya Qatar bilan bu yo‘nalishda samarali hamkorlikni faollashtirish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek,  u muzokara vaqtida Isroil ham Falastin hududlariga, ham Livanga hujum qilib, mintaqadagi keskinlikni oshirishga harakat qilayotganiga ishora qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 avgust kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an xalqaro munosabatlar tizimini keskin tanqid ostiga olib, tizim bankrotga uchraganini aytgandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made