Erdo‘g‘an Van I bilan don shartnomasi bo‘yicha kelishib oldi 

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Xitoy Tashqi ishlar vaziri, Kommunistik partiya markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van I Ukrainadagi mojaro va g‘alla shartnomasini bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Tomonlar ikkala masalani ham muzokaralar yo‘li bilan hal qilish kerak degan xulosaga keldi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning xabar berdi.

Brifing chog‘ida 26 iyul kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Van I o‘rtasidagi uchrashuvga izoh berar ekan, Mao Ning ikki tomonlama munosabatlar, umumiy manfaatlarga ega bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashganini ma’lum qildi.

“Ukrainadagi inqiroz va Qora dengiz orqali g‘alla tashish bo‘yicha kelishuvga kelsak, har ikki tomon bu masalalarni muloqot va muzokaralar yo‘li bilan to‘g‘ri hal qilish kerakligiga kelishib oldi”, degan Xitoy TIV vakili.

Ma’lumot uchun, Turkiya hozir don kelishuvini jonlantirishga yordam berishga harakat qilmoqda. Bolgariya, Ruminiya, Yevropa Ittifoqi va BMT esa Ukraina donining quruqlik va dengiz orqali eksportini davom ettirishga ko‘maklashishga urinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyul kuni Rossiya tomoni Qora dengizdagi gumanitar yo‘laklar orqali Ukraina g‘allasini xavfsiz eksport qilish bo‘yicha kelishuvni uzaytirmagan va buni Istanbul kelishuvining ikkinchi qismi bajarilmagani bilan izohlagandi. Keyinchalik Rossiya qo‘shinlari Ukraina donini eksport qilish uchun qo‘llaniladigan Odessa portlariga zarba berdi  va oqibatda 60 ming tonna g‘alla nobud bo‘ldi. Bu don Xitoyga yuborilishi rejalashtirilgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Xitoy Erdo'g'an Van I don yo'lagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing