Erdo‘g‘an va Jonson afg‘on inqirozini muhokama qildi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

“Bosh vazir Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an bilan Afg‘onistondagi inqirozni muhokama qildi. Ular vaziyatni barqarorlashtirishda va mamlakatda hamda mintaqada afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlashda xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi faoliyati muhimligini muhokama qildi”, deyiladi xabarda.

Ikki davlat rahbarlari Afg‘onistonning har qanday yangi hukumati afg‘on aholisining barcha vakillari manfaatlarini ifoda etishi, shuningdek, ayollar hamda ozchiliklar huquqlarini himoya qilishi kerak, degan fikrda.

Shuningdek, Buyuk Britaniya va Turkiya rahbarlari “Tolibon”ni so‘zlariga ko‘ra emas, balki ularning harakatlarini baholashini ta’kidlagan.

“Davlatlar yordam ko‘rsatish va qochqinlarni (afg‘onistonlik qochqinlar nazarda tutilgan) joylashtirish yukini o‘z zimmasiga olishlari kerak, degan fikrga kelishdi. Bu jarayonda BMT markaziy muvofiqlashtiruvchi rolni o‘ynaydi”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an Turkiya toliblar bilan muzokara boshlashi mumkinligini aytgandi. Bundan tashqari, u Afg‘onistonda hokimiyat kimning qo‘lida bo‘lishidan qat’i nazar Turkiya mamlakatga yordam berishga tayyorligini aytgan. Qayd etish kerakki, Turkiya rahbari ushbu masalani Jonsondan tashqari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ham muhokama qilshga ulgurgan.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing