Erdo‘g‘an va Turkiya muxolifati Istanbul uchun kurashyapti
Olam
−
31 mart
6087Turkiyada mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da saylov uchastkalari bir soat oldin ochilgan respublikaning janubi-sharqida mahalliy munitsipal saylovlarda ovoz berish boshlandi. Mamlakatning asosiy qismida saylovlar soat 08:00 da boshlanib, 17:00 da yakunlanadi.
Turkiya Markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko‘ra, musulmonlar an’anaviy tarzda ro‘za tutadigan Ramazon oyining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ovoz berish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilgan. Ular 81 viloyatdan 32 tasiga taalluqli.
Turkiyada shahar, munitsipalitetlar va boshqa mahalliy hokimiyat organlari merlari saylanadi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berishda 61,4 million saylovchi ishtirok etadi. Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, saylov xavfsizligini 600 mingga yaqin huquq-tartibot idoralari xodimlari, shuningdek, ko‘ngillilar ta’minlamoqda.
Sotsiologlar Istanbul va Anqaradagi asosiy siyosiy qarama-qarshilikni kutmoqda. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi muxolifatdan ular besh yil avval qo‘lga kiritgan merlik lavozimlarini qaytarib olish niyatida.
“Financial Times” gazetasining yozishicha, Istanbul merligi saylovidagi g‘alaba Turkiya siyosiy muxolifati uchun so‘nggi imkoniyatdir. Mutaxassislarga ko‘ra, muxolifat uchun “Istanbul uchun kurash”da g‘alaba qozonish juda muhim. O‘tgan yilning may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda muqobil prezidentlikka nomzodning mag‘lubiyati alyansning birdamligini zaiflashtirdi.
“Bu allaqachon tartibsizlikka uchragan muxolifat partiyalari uchun hal qiluvchi saylov. Agar ular Istanbulni yo‘qotsa, qiyin ahvolga tushib qolishadi”, deydi Istanbul Sabanji universiteti professori Berk Esen.
Istanbulda merlik uchun amaldagi Prezident partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan sobiq atrof-muhit va shaharsozlik vaziri Murod Kurum va muxolifat nomzodi, amaldagi mer Ekrem Imomo‘g‘li raqobatlashadi. Uning 2019 yildagi munitsipal saylovlarda g‘alaba qozonishi Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchun kutilmagan bo‘lgan edi. FT’ning yozishicha, mahalliy aholi hali ham muxolifat nomzodini afzal ko‘radi. Qayd etish joizki, bu mintaqa Erdo‘g‘an uchun alohida ahamiyatga ega – u Istanbulda tug‘ilgan va 1994-1998 yillarda shahar hokimi lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi