Erdo‘g‘an va Putinning uchrashuvi bo‘yicha dalil yo‘q – Anqara
Olam
−
16 avgust 2023 3722 1 daqiqa
Turkiya va Rossiya Prezidentlari Rajab Toyib Erdo‘g‘an hamda Vladimir Putin o‘rtasida joriy yilning 31 avgust kuni bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuv Anqara hozircha aniq ma’lumotga ega emas. Bu haqda Erdo‘g‘an ma’muriyati matbuot xizmatiga asoslanib, TASS xabar berdi.
“Ayni paytda bu masala bo‘yicha hech narsa deya olmaymiz. Agar shunday qaror bo‘lsa, aniq ma’lumotlar paydo bo‘lsa, biz bu haqda xabardor qilamiz. Hozircha aytadigan gap yo‘q”, deydi ma’muriyat.
Avvalroq Shot Telegram kanalida manbalarga tayanib, Putin va Erdo‘g‘an 31 avgust kuni uchrashishi mumkinligi, kelishuv davom etayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
3 avgust kuni Rossiya davlati rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Turkiya prezidentlarining uchrashuvi joyi va aniq sanasi diplomatik kanallar orqali kelishib olinishini ma’lum qildi. Bir kun avval Peskov “uchrashuv joyi muhokama qilinadi, bu Turkiya bo‘lishi shart emas”, deb ta’kidlagan.
Live
Barchasi