Erdo‘g‘an va Putin BMT Bosh Assambleyasidan so‘ng yana uchrashishi mumkin
Olam
−
05 Sentabr 2023
3000Prezidentlar Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Vladimir Putin Turkiya rahbarining 19-25 sentyabr kunlari BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi haftaligida bo‘lib o‘tadigan muzokaralaridan so‘ng, yangi uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “Hurriyet” gazetasi xabar berdi.
Erdo‘g‘an kecha, 4 sentyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Putinning qashshoq Afrika davlatlariga 1 million tonna g‘alla yetkazib berish haqidagi taklifiga ijobiy munosabat bildirgandi.
“Putinning bayonotlaridan biz don yo‘lagi bo‘yicha muzokaralar ma’lum muddat davom etadi, degan xulosaga keldik. Erdo‘g‘anning BMTdagi uchrashuvlaridan so‘ng ikkala yetakchi ham yana uchrashishi mumkin”, deb yozgan nashrning Turkiya Prezidenti ma’muriyatiga yaqin sharhlovchisi Abdulqodir Selvi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 sentyabr kuni Sochida Putin bilan muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zlagan Erdo‘g‘on Anqara BMT bilan birgalikda Qora dengiz g‘alla tashabbusini qayta tiklash maqsadida yangi tashabbuslar to‘plamini tayyorlagani va uning ijobiy ko‘rib chiqilishiga umid qilayotganini aytgandi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti esa Moskva Istanbul kelishuvlari bo‘yicha unga berilgan va’dalar bajarilgan kundan boshlab, bir necha kun ichida g‘alla bitimiga qaytishga tayyorligini bildirgan. Mahalliy diplomatik manbalar esa Turkiya yaqin kunlarda Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari haqida BMTni xabardor qilishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi