Erdo‘g‘an va Qilichdoro‘g‘li saylovning ikkinchi turiga tayyorligini aytmoqda

Olam

image

Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hamda muholifat partiyasi vakili Kamol Qilichdoro‘g‘li mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga tayyorligini aytmoqda. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.

“Saylovlar birinchi bosqichda yakunlanadimi yoki yo‘qmi hali bilmaymiz. Ammo agar odamlar bizni ikkinchi bosqichga yuborsa, biz bu qarorni hurmat qilamiz”, deya Erdo‘g‘anning Anqaradagi tarafdorlariga qaratilgan so‘zlaridan iqtibos keltirgan AFP axborot agentligi.

Erdo‘g‘anning asosiy raqibi, “Millat ittifoqi” partiyasidan nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘li ham xalqning ikkinchi turni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga rozi ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, ikkala siyosatchi ham o‘zlarining so‘nggi g‘alabalariga ishonch bildirgan.

Birinchi bosqichda nomzodlardan birining g‘alabasi uchun u kamida 50 foiz ovoz to‘plashi kerak. Demak, Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turini o‘tkazish ehtimoli katta – bu joriy yilning 28 may kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.

Turkiyada prezidentlik saylovlari kecha, 14 may kuni bo‘lib o‘tdi. Toshkent vaqti bilan bugun, 15 may soat 09:10 holatiga ko‘ra, ovozlarni sanash hali yakunlangani yo‘q. Saylov qutilarining 99,9 foizi ochilgach, amaldagi davlat rahbari Erdo‘g‘an 49,34 foiz, uning asosiy raqibi Qilichdoro‘g‘li 44,99 foiz ovoz to‘plagani ochiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an saylov Kamol Qilichdoro'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing