Erdo‘g‘an va’da berdi
Olam
−
30 mart 2019 11071 1 daqiqa
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ertaga, 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlardan keyin Suriyadagi inqirozning yechimini topishga va’da berdi. Bu haqda “Haberturk” telekanali xabar qildi.
“Terrorchilik tashkilotlari Turkiya tog‘ va shaharlarida boshqa ko‘rinish bermaydi. Saylovlardan keyin birinchi navbatda Suriyadagi muammoni hal qilamiz. Agar imkoni bo‘lsa, buni stol atrofida muzokara orqali amalga oshiramiz, aks holda yerda. Terrorchilikka qarshi qanchalik qat’iyat bilan kurashsak, iqtisodiy terrorga shu qadar qarshilik ko‘rsatamiz”, degan Erdo‘g‘an Istanbuldagi mitingda.
Ma’lumot uchun, martdagi saylovlarda turklar merlar, mahalliy parlament a’zolari, kengash, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlari, qishloq oqsoqollari va qishloq kengashlari a’zolarini saylaydi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr