Erdo‘g‘an va Aliyev Pashinyanni o‘rtaga oldi

Olam

image

Bugun, 6 oktyabr kuni Chexiya poyxati Pragada Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari Rajab Toyib Erdo‘g‘an hamda Ilhom Aliyev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. Bu haqda Turkiya mahalliy matbuoti xabar bermoqda. 

Uchrashuv Yevropa siyosiy hamjamiyatining birinchi sammiti doirasida bo‘lib o‘tgani aytilmoqda. Keyinroq suhbatga Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham qo‘shilgan. 

Ta’kidlanishicha, Turkiya rahbari Pashinyan va Aliyev bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazishni ham rejalashtirgan.

Pashinyan bilan muzokaralar chog‘ida, turk matbuotiga ko‘ra, Erdo‘g‘an unga ikki davlat maxsus vakillarining kelishuv masalalari bo‘yicha uchrashuvlarini uchinchi davlatlar hududida emas, navbatma-navbat Turkiya va Armanistonda o‘tkazishni taklif qilmoqchi. Bundan tashqari, Turkiya rahbari mintaqadagi keskinlikni pasaytirish va Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tezroq tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha takliflar bilan chiqishi kutilmoqda.

Forumda Yevropa Ittifoqining 27 a’zosi va 17 hamkor davlat rahbarlari ishtirok etmoqda. 

Sammitning rasmiy ochilish marosimi Praga qal’asida bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng liderlar tinchlik va xavfsizlik, energiya, iqlim o‘zgarishi va iqtisodiyot masalalarini muhokama qilish uchun yig‘ilishadi. 

Turkiya rahbarining Chexiyaga tashrifi dasturidan ikki tomonlama uchrashuvlar, jumladan, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuvlar o‘rin olgani urg‘ulanmoqda. 

So‘ngra Turkiya rahbari sammitning kechki ovqatda bo‘ladigan yakuniy yig‘ilishida ishtirok etadi va shundan so‘ng Pragadan jo‘nab ketadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Rajab Toyib Erdo'g'an Nikol Pashinyan

Baholaganlar

332

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing