Erdo‘g‘an O‘zilni qimmatbaho sovg‘a bilan siyladi
Sport
−
25 avgust 2022
10891Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an “Istanbul Bashakshexir” futbolchisi Mesut O‘zilga qimmatbaho soat sovg‘a qildi. Bu haqda O‘zil o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qilgan.
Turkiya chempionati 3-turidan o‘rin olgan “Kayserispor” bilan o‘yindan so‘ng (2:0) yarim himoyachi Rajab Toyib Erdo‘g‘an sovg‘a qilgan soat suratini Instagram sahifasiga joylashtirdi. Ushbu soatga Prezidentning imzosi ham tushirilgan.
Qayd etish joizki, aksessuarning narxi 1700 yevroga baholanmoqda. Bu miqdor Turkiyadagi o‘rtacha maoshdan 6 barobar ko‘pdir.
Ma’lumot uchun, Mesut O‘zil faoliyati davomida “Shalke 04”, “Verder”, “Real Madrid”, “Arsenal” va “Fenerbahche” kabi klublarda ham to‘p tepgan. U Germaniya terma jamoasi bilan 2014 yili Braziliya yashil maydonlarida o‘tkazilgan Jahon chempionatida zafar quchgan.