Erdo‘g‘an O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

Olam

image

Bugun, 20 yanvar kuni Anqarada bo‘lib turgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov, Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedov va Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Bahodir Qurbonovdan iborat delegatsiya Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qabulida bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston rasmiylari Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazgan. Mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar ijobiy rivojlanish sur’atini ko‘rsatayotgani, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash uchun eng qulay sharoitlar yaratilayotgani ta’kidlangan.

“Bugungi “4+4” mexanizmi doirasidagi uchrashuv hukumatlarimizning turli idoralari o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanayotganining yana bir isbotidir. Tashqi ishlar vazirliklari bundan keyin ham bor imkoniyatlarini Rahbarlarimiz o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirishga yo‘naltiradilar”, deb yozadi Saidov.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 yanvar kuni Anqarada Turkiya va O‘zbekiston Mudofaa vazirlari Yashar Guler va Shuhrat Xolmuhamedov o‘rtasida 2026 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlikni amalga oshirish rejasi imzolangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Erdo'g'an delegatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing