Erdo‘g‘an o‘z hukumati bilan Sochidagi muzokaralar natijalarini muhokama qiladi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 5 sentyabr kuni hukumat yig‘ilishida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Sochida bo‘lib o‘tgan muzokara natijalarini muhokama qiladi. Bu haqda Turkiya yetakchisi idorasidagi manbaga tayanib, TASS xabar berdi. 

"5 sentyabr kuni hukumat yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unga an’anaviy tarzda Prezident raislik qiladi. Tashqi siyosat kun tartibiga Sochidagi muzokara yakunlari ham kiritilgan. Shuningdek, Prezidentning bo‘lajak tashriflari – Hindistondagi G20 sammiti va BMT Bosh Assambleyasi uchun AQSHga safar ham ko‘rib chiqiladi”, degan agentlik suhbatdoshi. 

Uning aytishicha, kun tartibining qolgan qismi esa mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 sentyabr kuni uzoq kutilgan Erdo‘g‘an va Putinning uchrashuvi Sochida bo‘lib o‘tgandi. Unda Erdo‘g‘an don kelishuvini tiklashni taklif qilgan, Putin esa oldingidek, agar Rossiya talablari bajarilsa Moskva g‘alla kelishuviga qaytishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Sochi Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing